O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistondagi mobil operatorlarga reklamali SMSlarni o‘chirish uchun SMS/USSD so‘rovlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Mobil xizmatlardan foydalanuvchilar reklamali kiruvchi xabarlarni o‘chirib qo‘yish huquqiga ega, biroq buning uchun mobil operatorning sotuv bo‘limiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qilish lozim. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va bunday SMSlar kelishini o‘chirishni soddalashtirish uchun qo‘mita kompaniyalarni SMS/USSD so‘rovlardan foydalanishga chaqirdi.
Qo‘mitaning “Uz24.uz” tahririyatiga bergan javob xatida aytilishicha, barcha operatorlar ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida Davlat raqobat qo‘mitasini yozma ravishda, abonentlarni SMS-xabar yordamida va o‘z rasmiy saytlarida yozish orqali xabardor qilishlari lozimligi haqida ko‘rsatma olgan.
Izoh (0)