Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Indiegogo saytida mobil qurilmani odatdagidan ikki baravar tezroq quvvatlantirish imkonini beruvchi Sonicable kabeliga mablag‘ yig‘ish kampaniyasi davom etmoqda, deb xabar berdi “Rossiyskaya gazeta”. Kampaniya yakunlanishiga hali 18 kun borligiga qaramay, rejalashtirilgan 10 ming dollardan 28 marta ko‘p – 280 ming dollar to‘plangan.

Foto: thefusejoplin.com

Foto: thefusejoplin.com

G‘oya mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, kabel aytilgan tezlikka erishish uchun foydalanuvchilarga ish rejimini tanlash imkonini beradi: “Oddiy” va “Sonic”. Birinchi rejim kabelning odatiy vazifalarini bajaradi: smartfonni zaryadlantiradi va kompyuter bilan sinxronlashtiradi. “Sonic” rejimida esa kabel barcha resurslarni faqat qurilmani zaryadlantirishga yo‘naltiradi, sinxronlashtirishni esa to‘liq o‘chiradi.

Yangi kabelni sotib olishni istovchilar uning bittasini 27 dollardan yoki beshtalik to‘plamini 110 dollardan buyurtma berib qo‘yishlari mumkinligi aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda turizm: kecha va bugun
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani