Olimlar Amazonka daryosi sohillarida Janubiy Amerikaga Afrikadan o‘simlik poyalarida kelgan ilk maymunlarga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshqotmalarni topdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Yo‘qolib ketgan Liviya primatlarinikini eslatuvchi tishlar birinchi marta maymunlar Yangi Dunyoga Eskisidan kelib qolishini isbotlash imkonini bermoqda. Maymunlar Amerikaga Atlantika okeani orqali kelib qolgani to‘g‘risidagi faraz avvaldan ham mavjud edi, biroq uni isbotlaydigan dalil yo‘q edi.
Peruda daryo qirg‘og‘idan topilgan toshqotma Amerika maymunlaridan ko‘ra 36 million yil oldin yashagan Afrika maymunlarinikini eslatmoqda. Yangi topilgan hayvonning kattaligi 27 santimetrdan oshmagani aytilmoqda. Ushbu kashfiyot Amerikaga ko‘chib kelgan boshqa sutemizuvchilar va maymunlar deyarli bir paytda migratsiyani amalga oshirganini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)