“Barselona” klubi himoyachisi Jeremi Matye Luis Enrike va Lionel Messi o‘rtasidagi ziddiyatni ommaga ma’lum qilgani uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Eslatib, o‘tamiz Luis Enrike hujumchi Lionel Messini “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirmaganidan keyin argentinalik futbolchi bilan murabbiy o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lgandi. Matye bo‘lsa bu haqida ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida batafsil so‘zlab bergandi.
Ammo shundan keyin jamoa sardori Xavi, keyinroq esa Luis Enrikening o‘zi Matye bilan bu borada suhbat qurgan. Unga qilgan ishi “Barselona”ning ichki axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirilgan.
Ayni paytda “Barselona” futbolchilari va murabbiy o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘qligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)