O‘zbekiston futbol federatsiyasi Tailandda davom bo‘lib o‘tayotgan “Qirol kubogi” musobaqasi doirasidagi O‘zbekiston U-22 – Janubiy Koreya U-22 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda yuzaga kelgan mojaro borasida tegishli chora ko‘radi. Bu haqida O‘FF rasmiy tvitteriga asoslanib “Uff.uz” xabar bermoqda.
O‘FF Terma jamoalar markazi ushbu masala yuzasidan futbolchi va O‘zbekiston U22 murabbiylar shtabi bilan gaplashadi va tegishli chora ko‘radi.
Shu bilan birga ushbu mojaroning Koreya Futbol Uyushmasi bilan o‘rnatilgan yaxshi aloqalarga ta’sir qilmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radi”, − deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi himoyachisi Tohir Shamsitdinov raqib futbolchisining yuziga bir necha bor musht tushirgandi.
Izoh (0)