Avstraliyada o‘tayotgan Osiyo kubogida uchinchi o‘rin egasi aniqlandi. BAA terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun bo‘lgan kurashda Iroqni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Ammo uchrashuv BAAlik futbolchilari uchun oson kechgani yo‘q. Garchi dastlab Umar Abdurahmonning ajoyib uzatmasidan so‘ng Ahmad Halil hisobni ochgan bo‘lsada, iroqliklar tezda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Birinchi bo‘lim oxirlarida Xalafning golidan so‘ng Iroq tanaffusga 2:1 hisobida ustunlik bilan chiqib ketdi.
Ikkinchi bo‘limda BAA futbolchilari o‘zlariga kelib oldilar va Ahmad Halilning o‘yindan hamda Mabhutning penaltidan kiritgan gollari evaziga holiblikni qo‘lga kiritdi.
Osiyo kubogi. Uchinchi o‘rin uchun o‘yin.
Iroq - BAA - 2:3
Gollar: Salim (28), Xalaf (42) - Ahmad Halil (16, 51), Ali Mabhaut (57 pen).
Iroq: Xamid, Ismoil, Shaker, Xalaf, Salim, G‘ani, Qasim, Komil, Kalaf, Abdul Amir, Mahmud.
BAA: Essa, Ahmad, Sankur, Hussayn, Salim, Abdulrahmon, Fardan, Ismoil, Hassan, Halil, Mabhut.
Chetlatish: Ahmad Ibrohim (55).
Izoh (0)