Apple kompaniyasi Qrim aholisi uchun App Store internet-do‘koniga kirishni cheklay boshladi. Bu haqda yarimorolda yashovchi foydalanuvchilar ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Tjournal.ru”.
29-yanvar kuni Apple qrimlik foydalanuvchilarga internet-do‘kondan ilovalarni yuklab olish imkonini cheklab qo‘ygan. Jumladan, bepul dasturlarni yuklash ham bloklangan. Lekin do‘konning o‘zi smartfonda ham, kompyuterda ham ochilayotgani aytilgan.
Bu muammoga duch kelgan foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, App Store telefonga o‘rnatilgan ilovalarni yangilashga ham yo‘l qo‘ymagan. Yangilashga urinish chog‘ida AQSh va Yevropa Ittifoqi rasmiylari tomonidan kiritilgan sanksiyalarga binoan xarid ushbu mintaqa uchun yopiqligi to‘g‘risida xabar chiqqan.
https://twitter.com/sioburn/status/560648476846202881
Foydalanuvchi ushbu muammoni chetlab o‘tishning bir necha usullarini topishga ham muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, do‘konga AQSh akkauntidan kirish yoki Rossiya akkauntini Qrimdan tashqaridagi hudud sifatida belgilash orqali xizmatlardan foydalanish mumkinligi aytilgan.
Qrimlik foydalanuvchilarning App Store do‘konidan uzilishi borasida Apple hali rasmiy ma’lumot bermagan.
Izoh (0)