O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Vadim Skorovarov va Margarita Orlova Quvaytda o‘tkazilayotgan Gran-Pri turnirida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, oltin medal sohibi bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Vadim Skorovarov 10 metr masofada pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 619,6 ochko jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Margarita Orlova ham 10 metr masofadan pnevmatik miltiqdan o‘q otish musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va 411.5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)