Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar hujumchisi Ispaniya chempionati doirasida “Kordoba”ga qarshi kechgan uchrashuvning (2:1) 82-daqiqasida raqib futbolchisiga zarba bergan, ammo o‘yin tugashi bilan raqibdan kechirim so‘ragan edi.
Bu qo‘polligi bois hujumchi ikkita o‘yinga maydondan chetlatildi. Shu tariqa hujumchi “Real Sosyedad” va “Sevilya”ga qarshi kechadigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi, ammo “Atletiko”ga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)