Toshkent viloyatining To‘ytepa shahriga mehmonga kelgan qashqadaryolik fuqaro kechqurun ketayotganida noma’lum kishi uni pichoq bilan qo‘rqitdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Noma’lum kishi qashqadaryolik fuqaroning 1 million 800 so‘m puli, 1000 AQSh dollari va sariq metalldan yasalgan uzugini olib ketdi. Voqeadan xabar topgan ichki ishlar idoralari xodimlari mehmonni tunagan kimsa To‘ytepadan bo‘lgan fuqaro ekanligini aniqladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)