O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari so‘nggi 10-yilda dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ma’lum qildi.
Parlament tomonidan demokratik va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tarkibiy o‘zgartirish, kichik biznes, tadbirkorlik, fermerlik harakatini keng rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilayotgan 30 dan ortiq qonunchilik hujjati qabul qilindi.Bugungi kunda Oliy Majlis har yili, hukumat taqdimnomasiga ko‘ra, ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini ko‘rib chiqib, tasdiqlamoqda, uning hayotga tatbiq etilishi ustidan parlament nazoratini olib bormoqda. 2014-yilgi dasturni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda 980 mingdan ortiq, jumladan, yoshlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan davrda yaratilgan mustahkam me’yoriy-huquqiy baza ayniqsa dunyoda hali-beri davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishning muhim omiliga aylandi. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari so‘nggi 10-yilda dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelmoqda. Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishi, investitsiyalar hajmi va aholining real daromadlari jadal ravishda o‘sib bormoqda.
Bunday natijalar bilan har qancha faxrlansak arziydi, albatta.
Izoh (0)