“Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida gapirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Men Mourinyo murabbiyimiz bo‘lgan vaqtida unga javob qaytarmaganman. Hozir ham javob qaytarmayman. U boshqa jamoa murabbiyi.
Mourinyoning futbolchilar bilan munosabati juda murakkab edi. Buni ‘Real’dagi futbolchilar har xil qabul qilardi.
Anchelottining o‘zi ham futbolchi bo‘lgan. Shu sababli qiyin vaziyatlarda futbolchilarni boshqarishni biladi. Murabbiy sifatida u Mourinyodan kuchliroq”, — dedi Kasilyas.
Izoh (0)