Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning Delmenxorst shahridagi kasalxona sanitari o‘zining 30 nafar mijozini o‘ldirganligini tan oldi, deb yozadi Meduza. Bu haqda uch mijozini o‘ldirishda ayblanayotgan sanitar ustidan olib borilayotgan sud davomida sudlanuvchini ekspertizadan o‘tkazgan psixiatr ma’lum qildi.

Foto: vesti.ru

Foto: vesti.ru

Uning aytishicha, 38 yoshli sanitar klinika mijozlariga yurak va qon-tomir kasalliklarini davolovchi kuchli ta’sir etadigan dorilarni kiritgan, buni keyinroq ular ustida jonlantirish tadbirlarini olib borish maqsadida ataylab amalga oshirgan.

Sanitar so‘zlariga ko‘ra, u bu ishdan ruhiy qoniqish olgan va qutqarilgan mijozlar minnatdorchiligiga sazovor bo‘lgan. U kuchli ta’sir etuvchi dorilarni jami 60 mijozga bergan, shularning taxminan yarmi tirik qolgan.

Sanitarning ishini ko‘rib chiqayotgan sud matbuot xizmati xabar berishicha, sudlanuvchining ekspertiza chog‘ida qilgan bayonoti rasman tan olish ko‘rsatmasi deb hisoblana olmaydi, chunki u huquqni himoya qilish organlari yoki sudyalarga yo‘naltirilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi