Buyuk Britaniyaning Telegraph gazetasi tomonidan tuzilgan sayohat uchun 10 ta g‘ayrioddiy yo‘nalish ro‘yxatidan Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahri ham joy oldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Nukus shahri ta’rifida asosiy e’tibor Igor Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyiga qaratilgan bo‘lib, bu yerdagi kolleksiya “haqiqiy marvarid” deb atalgan. Taqiqlangan san’at muzeyi sifatida tanilgan muassasa XX asr rus avangard rassomchiligi kolleksiyasini o‘zida jamlagani ta’kidlangan.
Muzey direktori Marinika Bobonazarovaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, Nukus O‘zbekistonda Samarqand, Buxoro va Xivadan keyin to‘rtinchi eng yirik sayohat yo‘nalishiga aylanib bormoqda.
Izoh (0)