Ukrainada Viktor Yanukovichga qo‘yilgan barcha ayblovlar bitta jinoiy ishga to‘plandi
Ukraina bosh prokuraturasi mamlakatning to‘rtinchi prezidenti Viktor Yanukovich va uning ma’muriyati vakillariga nisbatan ayblovlarning barchasini bitta jinoiy ishga to‘pladi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Sobiq prezident “davlatga xiyonat” va “jinoiy tashkilot tuzish” jinoyatlarida ayblanmoqda.
Ukraina bosh prokurori Vitaliy Yaremaning so‘zlariga ko‘ra, sud jarayoni boshlanguncha Viktor Yanukovichni Ukrainaga qaytarib bo‘lmasa ham, u sirtdan sudlanaveradi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar