Oqgul Omonmorudova tennis bo‘yicha Anqaradagi turnirning yarim finaliga chiqdi
Turkiyaning Anqara shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan ITF turkumiga kiruvchi Ankara Cup xalqaro turnirining yakkalik bahslarida zafarli odimini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova chorak finalda belgiyalik Yeselin Bonaventurani 6-7, 6-4, 6-4 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot markazi ma’lum qildi.
Endi o‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasi uchun ukrainalik Yuliya Beygelzimerga qarshi kortga chiqadi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar