Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yo‘q joydan penalti ishlash orqali o‘yin taqdirini hal qilish so‘nggi paytlarda futbolchilar orasida ommalashib bormoqda. Bunday o‘yinchilar orasida yulduz futbolchilar ham bor. Fallondfloor.com sayti “Yilning eng yaxshi simulyanti” sovriniga g‘oliblarni aniqlash maqsadida olti nafar futbolchini ajratib olib, so‘rovnomaga qo‘ydi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Demak, nomzodlar bilan tanishing:

  • Fred — JCh-2014 paytida Xorvatiyaga qarshi o‘yindagi simulyatsiyasi uchun;
  • Luis Suares — Kellinining yelkasini tishlaganidan keyin o‘zini jabrlanuvchi qilib ko‘rsatishga uringani uchun;
  • Aryen Robben — JCh-2014 paytida Meksikaga qarshi o‘yindagi simulyatsiyasi uchun;
  • Jankarlo Gonsales — barmoq bilan turtgani uchun o‘zini o‘lganga solganlik uchun;
  • Krishtianu Ronaldu — “Selta”ga qarshi o‘yindagi simulyatsiyasi uchun;
  • Adrian — Angliya chempionshipi doirasida “Derbi Kaunti”ga qarshi o‘yinda o‘limdan oldingi talvasani o‘xshata olgani uchun.

    Sevimli “aktyor”ingizga sovrinning rasmiy saytida ovoz berishingiz mumkin, deyiladi “Stadion.uz” xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi