O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi − 2015 bahslaridan oldingi so‘nggi yig‘inini o‘tkazish uchun 17-dekabr kuni BAAning Dubay shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mazkur yig‘inga 26 nafar futbolchini chaqirgan. 29-dekabrgacha davom etadigan mazkur yig‘in davomida Mirjalol Qosimov jamoasi 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Unga ko‘ra, milliy terma jamoa 21-dekabr kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 25 va 28-dekabr kunlari Iroq terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Iordaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuv BAAning dubay shahrida bo‘lib o‘tsa, Iroq terma jamoasiga qarshi uchrashuvlar Sharja shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.