Ostona va Pekin Qozog‘iston hududida yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishni ko‘zda tutuvchi bitimni imzoladi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Kelishuv “Kazatomprom” boshqaruv raisi Nurlan Kapparov va Xitoy bosh yadro energetikasi korporatsiyasi bosh direktori Chjan Shanmin tomonidan Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida imzolangan. Hujjatda yadro yoqilg‘isi Xitoy va boshqa davlatlar atom elektr stansiyalari uchun ishlab chiqarilishi qayd etilgan.Bundan tashqari, Ostonada Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida elektr energetikasi, xalqaro tashuvlar, moliya va kimyo sohalarida qator bitimlar imzolangan. Xitoy delegatsiyasining tashrifi Qozog‘istonga 14 milliard dollarlik investitsiyalar keltirishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)