Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

11-dekabr kuni Osiyo qit’asining eng nufuzli musobaqalaridan biri — Osiyo Chempionlar ligasi bahslariga qur’a tashlanadi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

Foto: stadion.uz

Foto: stadion.uz

Ushbu musobaqada O‘zbekiston klublari uchun “3+1” tarzida o‘rin berilgan. “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” jamoalari guruh bosqichida ishtirok etsa, “Bunyodkor” pley-off bosqichidan o‘tishi talab etiladi. Ma’lumot uchun, Lushan shogirdlari 17-fevralda Toshkentda BAAning “Al Jazira” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Shunday qilib, ertaga Toshkent vaqti bilan 13:00 da Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, OFK qarorgohida kelasi yilgi OChL uchrashuvlarini tashkil qilish bo‘yicha o‘quv seminari ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston klublarining vakillari Malayziyaga bugun jo‘nab ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi