Ucell mobil operatori Toshkent shahri bo‘ylab 40 ta 4G baza stansiyalarini o‘rnatdi. Bu haqda to‘rtinchi avlod tarmog‘i taqdimoti ishtirokchilaridan biriga asoslanib, “Mobinfo.uz” xabar berdi.
Avvalroq, 2014-yil 1-dekabrdan Ucell mobil aloqa operatori O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Toshkent shahrida 4G tarmog‘ini ishga tushirgani xabar berilgan edi.
Shuningdek, Ucell taklif etayotgan 4G paketlar hamda 4G qurilmalarning narxlari ham ma’lum qilingan.