Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskvada evakuator tomonidan jarima joyiga olib ketilayotgan avtomobilni uning egasi quvib yetib, unga kirib oldi va ichidan qulflab qo‘ydi. Natijada mashinani egasiga qaytarishga to‘g‘ri keldi, deb yozadi “RIA Novosti” “Moskva parkovka hududi ma’muri” (MPHM) davlat muassasasi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xabar berilishicha, taqiqlangan belgi ostida to‘xtab turgani uchun Audi avtomobili evakuatsiya qilingan. Endigina uni evakuatorga ortib, yo‘lga tushganlarida mashina egasi o‘zining sakkiz yoshli o‘g‘li bilan ularga yetib olib, avtomobili ichiga kirib olgan. Shunda MPHM mutaxassislari avtomobilni evakuatordan ozod etib, egasiga qaytarishga qaror qilgan. Biroq avtomobilchiga to‘xtab turish qoidalarini buzgani uchun jarima solingan.

Muassasa vakili so‘zlariga ko‘ra, qoida bo‘yicha, avtomobilni evakuator joyidan jilguniga qadar qaytarib olish mumkin, biroq evakuator harakatlanishni boshlagan bo‘lsa, unda transport vositasini faqat maxsus to‘xtash joyidan olib ketish mumkin bo‘ladi. Agar evakuatsiya chog‘ida avtomobil egasi bilan kelishmovchilik yuzaga kelsa, mashinani jarima joyiga olib ketish-olib ketmaslik bo‘yicha qarorni parkovka xizmatining maxsus xodimlari chiqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi