• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda sudlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida “Sudlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

    Foto: taszhargan.info

    Foto: taszhargan.info

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonalari, shuningdek, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Koreya Respublikasi, Sloveniya, Bolgariya, Maltadan xalqaro ekspertlar, O‘zbekiston Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi vakillari, huquq sohasi olim va mutaxassislari ishtirok etdi.

    Seminar ishtirokchilari Prezident Islom Karimov rahnamoligida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

    “BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston bilan ko‘plab yo‘nalishlarda, jumladan, sud-huquq sohasida ham samarali hamkorlik qilmoqda, — dedi BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner. — O‘zbekiston Oliy sudi bilan hamkorlikda sud faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha yaxshi samara bermoqda”.

    Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “elektron hukumat” va elektron hujjat aylanishini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani yuksak baholadi. Sohada o‘zlashtirilayotgan ilg‘or texnologiyalar sudlar faoliyatini to‘liq axborotlashtirish va sud ishini elektronlashtirishni kengaytirish imkonini berayotgani ta’kidlandi.

    “O‘zbekiston sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdik, — dedi Koreya Respublikasi Oliy sudi sudyasi Yom Xojun. — Mamlakatingizda sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan izchil chora-tadbirlar e’tiborga molikdir”.

    Ekspertlar O‘zbekiston xo‘jalik sudlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi. Ushbu sudlarda 2013-yilning 1-sentabridan da’vo arizalari va iltimosnomalarni elektron shaklda qabul qilish tartibi joriy etilgan. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari o‘z xohishiga ko‘ra, Oliy xo‘jalik sudi veb-sayti orqali istagan xo‘jalik sudiga nafaqat da’vo arizasi va iltimosnoma, balki apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari, nazorat tartibida e’tiroz kiritish haqidagi ariza bilan ham murojaat qilmoqda.

    2014-yil 1-sentabridan xo‘jalik sudlarida sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Bunday tizim tadbirkorlik subyektlariga o‘zlari joylashgan hududdagi xo‘jalik sudi binosida turib, boshqa hududda bo‘layotgan sud majlisida videokonferensaloqa orqali ishtirok etish imkonini bermoqda.

    Seminar qatnashchilari sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi oshkora va odil sudlovni ta’minlash, sudlarda hujjat aylanish samaradorligi va tezkorligini oshirish, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini kuchaytirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

    Anjumanda sudlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajriba va milliy amaliyot, sudlarda axborot texnologiyalarini joriy etish tendensiyalari, sud ishini elektron uslubda yuritish, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda axborot xavfsizligi masalalari va boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

    Xalqaro seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasining “Fuqarolik sudlovini takomillashtirish: samarali sud boshqaruvi” qo‘shma loyihasini amalga oshirish natijalari bilan tanishdi. Ular fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudida bo‘lib, “E-SUD” sud ishini elektron uslubda yuritish tizimining taqdimot marosimida ishtirok etdi.

    “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tatbiq etilishi sudlov ishlari jarayonini tezlashtirish imkonini beradi, — dedi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalasi bo‘yicha mustaqil ekspert Adrian Avellino (Malta). — ‘E-SUD’ sud ishini elektron uslubda yuritish tizimi loyihasi menda katta taassurot qoldirdi. Bu tizim juda samarali va ravon ishlashiga guvoh bo‘ldik. ‘E-SUD’ O‘zbekistonda sud tizimini yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishiga aminmiz”.

    Xalqaro seminar qatnashchilari sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqdi.

    22.11.2014, 17:10   Izoh (0)   4306
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istonda statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

    21.11.2014, 15:47

    Gruziya yoshlar va sport vaziri Toshkentga tashrif buyuradi

    21.11.2014, 15:42

    O‘zbekistonda Microsoft “Oliy mahorat darsi” treninglari o‘tkazila boshlaydi

    21.11.2014, 13:59

    Toshkent sirkida MDH davlatlaridan kelgan artistlar ishtirokida “Sherlar orasida yolg‘iz” dasturi namoyish etilmoqda

    21.11.2014, 13:01

    Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

    21.11.2014, 11:54

    Pamela Spratlen AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga tasdiqlandi

    21.11.2014, 10:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik erkak qiziga “o‘ta chiroyli bo‘lgani uchun” blog yuritishni taqiqladi

    Layfstayl | 2 iyul, 19:26

    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

    Reklama | 2 iyul, 19:30

    Samarqandda mansabdorlar eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 19:10

    “Qattiqqo‘l hokimiyat va urush effekti” — Qirg‘iziston jon boshiga daromad bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘ringa chiqdi

    Markaziy Osiyo | 2 iyul, 18:55

    Serial o‘z vaqtida tugadi: “Kalmar o‘yini” 3-mavsumining kutilmagan, ammo ajoyib tarzda yakunlanishining 5 sababi

    Kino | 2 iyul, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.