Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy bazasida Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti tomonidan yuborilgan beg‘araz texnik ko‘mak konteyniri qabul qilib olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Vazirlikning eslatishicha, Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti rahbari V.Kuvshinov 6—11-oktabr kunlari hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qilish yuzasidan O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

Konteynerda qutqaruv ishlari uchun maxsus asbob-anjomlar, xo‘jalik ishlarida qo‘llaniluvchi jihozlar, xususan, qutqaruv arqoni, TILLEY projektori, qutqaruvchilar uchun sumka anjomlari, birinchi yordam ko‘rsatish vositalari, (Vinnik) o‘t o‘chirgich, qutqaruvchilar uchun zaruriy kiyim-bosh, arra va yana shu kabi ko‘plab maxsus texnik anjomlar mavjud.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri T.Xudayberganov, Vazirning birinchi o‘rinbosari K.Oripov hamda Vazirlik markaziy apparati bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, mazkur jihozlardan samarali foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Qabul qilingan beg‘araz texnik ko‘mak Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining turli sohalarida foydalanish uchun topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi