Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida yangi Huawei Ascend P7 smartfoni sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Huawei kompaniyasining ta’kidlashicha, Ascend P7 gadjeti 4G LTE modulida ishlaydigan smartfonlar orasida eng ingichkasi. Uning dizayni undan oldingi Ascend P6 bilan bir xil, ammo o‘lchamlari bir-biridan farq qiladi.
Ascend P7 smartfonida 5 dyuymli FullHD displey, 1,8 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 2 Gb tezkor va kengaytirish mumkin bo‘lgan 16 Gb ichki xotira, 2500 mA·soat quvvatga ega batareya, 8 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Batareyasining quvvati tinimsiz gaplashilganda 14 soatga yetadi. Uning o‘lchamlari 13,9×6,8×6,5 milimetrni, og‘irligi esa 124 grammni tashkil etadi. Ushbu smartfon 21-oktabr holatiga ko‘ra “Fleshka” savdo majmuasida 1 280 000 so‘mdan sotilmoqda. Ascend P6 smartfonini esa 960 000 so‘mga xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Huawei Ascend P7 smartfoni O‘zbekistonda sotilayotgan kam sonli 4G modulida ishlaydigan qurilmalar qatoridan o‘rin olgan. Shuningdek, u zo‘r selfi suratlar oladigan smartfonlar orasida ham mavjud.
Izoh (0)