14-oktabr kuni eng yirik aloqa operatori Beeline Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Zangiota va Qibray tumanlarida 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar berdi.
Yangi baza stansiyalari Yangiyo‘l shahridagi Gulshod ko‘chasi, Zangiota tumanining “Qatortol” va “Choshtepa” qishloq fuqarolar yig‘ini hamda Qibray tumanidagi “Salar” ShFYda o‘rnatildi.
“Toshkent viloyati — buyuk innovatsion imkoniyatli hudud, shuning uchun u Beeline’ning yetakchilik strategiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Bizning maqsad — viloyat aholisini sifatli aloqa va tezkor internet bilan ta’minlashdir. Buni uddalash uchun tarmoqni kengaytirishda davom etmoqdamiz”, — dedi Beeline’ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Resh.
Izoh (0)