“Toshshahartransxizmat” OAJ aksiyadorlik kompaniyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, avtobuslar oraliq bekatlarda 20 sekunddan 30 sekundgacha to‘xtab turishi mumkin, deb xabar bermoqda Uz24.
Yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan bekatlarda (Oloy, Farhod, Chorsu bozorlari kabi) avtobuslarga 40 sekunddan 1 daqiqagacha to‘xtab turishga ruxsat etiladi. Yakuniy bekatlarda esa 2 daqiqadan 5 daqiqagacha turish mumkin.
Ish rejimi buzilgan taqdirda yo‘lovchilardan 1062 raqamli ishonch telefoniga bog‘lanish so‘ralgan. Yo‘nalish raqami, qoida buzilishi vaqti va avtobusning garaj yoki davlat raqami ma’lum qilingan taqdirda “Toshshahartransxizmat” tegishli choralarni ko‘rishga va’da bergan.
Izoh (0)