3-sentabr kuni taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Sony Xperia Z3 smartfonining xususiyatlari Xitoyning TENNA agentligi tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangi smartfonda 5,2 dyuym 1080×1920 pikselli IPS LCD displeyi, 2,5 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 801 protsessori, 3Gb tezkor va kengaytirish mumkin bo‘lgan 16 Gb ichki xotira, 2 megapikselli old va Sony Exmor sensoriga ega 20,7 megapikselli orqa kamera o‘rnatiladi. Sony Xperia Z3 smartfonining oq, qora va qo‘rg‘oshin rangli turlari taqdim etiladi.
Yangi Xperia smartfoni ham Xperia Z2 kabi suvga chidamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Xperia Z2 smartfonini 1,5 metr suv ostida 30 daqiqagacha ushlab turish mumkin.
O‘zbekistonda sotilayotgan Sony Xperia Z2 smartfonining narxi va uning xususiyatlarini ushbu maqolada ko‘rishingiz mumkin.
Izoh (0)