Google I/O konferensiyasida Android operatsion tizimining yangi versiyasi Android L bo‘lishi va u kuzda chiqarilishi haqida xabar berilgan edi. O‘shanda bu versiya Lollipop – “xo‘rozqand” deya nomlanishi taxmin qilingan va bu nom bugunga kelib LMP – Lemon Meringue Pie’ga o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
LMP – “limon va bizeli pirog” ma’nosini bildiradi. Hozirda so‘nggi Android versiyasi – KitKat ham yakuniy nom tanlanguncha Key Lime Pie deya nomlanishi kutilgan edi.
Android LMP nomi bir qancha manbalardan topilgan. Biroq, uning yakuniy nomi Lemon Meringue Pie bo‘lishi taxmin xolos. Balki, Google yangi Android versiyasini Lemonheads, Lindor, Laffy Taffy deb ham nomlashi mumkin, deyiladi xabar so‘ngida.
Izoh (0)