Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Amsterdam xalqaro aeroportida  Ukrainadagi Malayziya “Boing”i halokatida qurbon bo‘lganlarga atab yodgorlik o‘rnatiladi. Bu haqda aeroport matbuot xizmatiga tayanib “ITAR-TASS” xabar berdi.

Foto: “ITAR-TASS”

Foto: “ITAR-TASS”

“Ayni paytda biz haykal bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘ylab ko‘rmoqdamiz, — dedi aeroport vakillari. — Yodgorlik paydo bo‘lishini ishonch bilan ayta olamiz, biroq uning qayerga o‘rnatilishi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi hozircha aniq emas”.

Hozirda aeroportdagi uchinchi terminalning katta qismi samolyot halokati qurbonlarining vaqtinchalik yodgorligiga aylangan. Halok bo‘lganlar xotirasiga minglab kishilar bu yerga gullar, otkritkalar va yumshoq o‘yinchoqlar olib keladi.

Malaysian Airlines kompaniyasi “Boing”i 17-iyul kuni Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uchradi. Bortda bo‘lgan 298 kishi nobud bo‘ldi. Yo‘lovchilarning katta qismi — 194 kishi Niderlandiya fuqarolari bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda joriy yilning 9 oyida sodir bo‘lgan YTHlarda 82 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Sport
JCH—2022 Lionel Messi uchun oxirgi mundial bo‘ladi
Mahalliy
“Qabulda Olmaliq va Ohangaron shahri, Ohangaron tumani hokimi ham bor, avval ularga murojaat qiling, hal bo‘lmasa menga keling” — Zoir Mirzayev (video)