Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ayni paytda O‘zbekistonda 38 ta ibodatxona faoliyat olib bormoqda. Bu yerda pravoslav mazhabiga e’tiqod qiluvchi kishilar soni 600 dan oshadi. Bu haqda Osiyo okrugi rahbari, Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy “Moskva Patriarxiyasi” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: anhor.uz

Foto: anhor.uz

“Aholisining 95 foizi islom dini e’tiqodchilari bo‘lgan O‘zbekistonda pravoslav mazhabidagilar uchun barcha sharoitlar yaratilgani, ular bemalol ibodatxonaga qatnashi, ibodat qilishi, cherkov hayotida ishtirok etishi mumkinligidan quvonaman”, — dedi u.

Shuningdek, mitropolit o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, bolajonligi va mehmondo‘stligini ham alohida tilga oldi. “Bu yerda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston shaharlari ko‘chalarida axloqsiz reklamalarning uchramasligi ham quvonarli holat. O‘zbekistonliklar ma’naviy soflikni saqlab qolishgan,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi