Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston va Yaponiya tibbiy muassasalarni jihozlash va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha qator loyihalar haqida kelishuv imzoladi. Bu haqda Anons.uz xabar berdi.

Foto: med.uz

Foto: med.uz

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi qarorida ko‘rsatilishicha, Yaponiya Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiy markazi modernizatsiyasi chog‘ida magnit-rezonans tomograflari, jarrohlik asboblari, shuningdek, amaliyot, laboratoriya va yordamchi jihozlar taqdim etadi.

Bundan tashqari, Qarshi, Urganch, Nukus va Farg‘ona shaharlaridagi nogironlar reabilitatsiya markazlariga diagnostika va fizioterapiya uskunalari yetkazib beriladi.

Yangi zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish zaruratini nazarda tutib, tibbiyot xodimlarini maxsus kurslarda o‘qitish rejalashtirilgan.

Moliyalashtirishning taxminiy qiymati 10 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)