5-iyul kuni Rossiyaning Kaliningrad shahrida bo‘lishi kutilgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning konsert dasturi muxlislar uchun kutilmagan maxsus operatsiya tartibida o‘tdi, deb xabar qiladi Newkaliningrad.ru.
Anhor.uz'ning ma’lum qilishicha, Rossiyaning Federal migratsiya xizmati, politsiya xodimlari va boshqa shaxslar “Yantarniy” sport saroyiga kirish yo‘lagini to‘sib oldi. Konsertni tomosha qilish uchun kelganlardan nafaqat bilet, balki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatish ham talab etildi.
Konsertga 1500 dan ortiq odam tashrif buyurdi, bir necha o‘n kishi esa sport saroyiga kiritilmadi. Bundan tashqari, dastur davomida raqsga tushishga shaylangan muxlislar xavfsizlik xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekovning konserti uchun chiptalar sport saroyining sektoridagi joylarga qarab 1000 rubl (taxminan 30 dollar)dan 1,5 ming rubl (45 dollar)gacha sotilgan.
Izoh (0)