Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple kompaniyasi Samsungga qarshi yangi da’vo ochib, uning to‘qqizta qurilmasi AQShda sotilishi taqiqlanishini talab qilmoqda. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Huquqshunoslarning ta’kidlashicha, Apple’ning bunday taqiqqa erishishi qiyin bo‘ladi. Gap shundaki yangi ish sudya Lyusi Kox tomonidan ko‘rib chiqiladi, u Apple’ning 2012-yildagi shunga o‘xshash murojaatini ikki marta qaytargan edi. Agarda, Apple bunday taqiqqa erishsa ham, bu Samsung’ga qimmatga tushmaydi, chunki “stop-list”ga anchagina eski qurilmalar kiritilgan (Galaxy S4 va Galaxy S5 flagmanlari u yerda yo‘q).

Nashrning qayd etishicha, Samsung ham Apple smartfonlari sotuvining man qilinishi haqida so‘rov berishi mumkin, oxirgi ishda u o‘z patentlaridan bittasi buzilganini isbotlagan edi.

2-may kuni AQSh Federal maslahatchilar sudi Apple va Samsung kompaniyalarining bir-biriga qarshi patent da’volari bo‘yicha qaror chiqardi. Unga ko‘ra, ikkita patentni ko‘chirgan Samsung 119,6 million dollar, o‘z raqibining bitta patentini o‘g‘irlagan Apple esa 158,4 ming dollar to‘laydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?