Internetda Amerikaning AT&T operatori uchun mo‘ljallangan Samsung Galaxy S5 Active’ga tegishli fotosurat va videolar paydo bo‘ldi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.
Ular orqali ma’lum bo‘lishicha, Active-versiyaning oddiy Galaxy S5’dan asosiy farqi – rezinalangan korpus va haqiqiy tugmalar (sensorli emas). Buning natijasida u kattaroq o‘lchamga ega bo‘ldi. U yanada kuchliroq IP68 namlikdan himoya tizimi bilan ta’minlangan (Galaxy S5 da IP67).
Yangi smartfonning qolgan xususiyatlari Galaxy S5 bilan o‘xshash bo‘lib, bular 5,1 dyuymli displey, 2 Gb tezkor, 16 Gb ichki xotira, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 801 protsessori va 16 megapikselli kameradir.
Samsung Galaxy S5 kompaniya flagmanining premium-versiyasi – Galaxy S5 Prime bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda.
Izoh (0)