Samsung’ning yangi “aqlli” soatini smartfonga ulamasdan kirish-chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi
Yozda Samsung kompaniyasi smartfon funksionalligiga ega bo‘lgan “aqlli” soatlarini chiqaradi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Kutilayotgan qurilma smartfonga ulanmasdan turib ham kirish-chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshira oladi. Shuningdek, gadjet suratga tushirish, elektron pochta bilan ishlash funksiyalariga ega bo‘lib, GPS, Bluetooth va puls datchigi bilan jihozlanadi.
Strategy Analytics tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilning birinchi choragida “aqlli” soatlar bozori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 250 foizga o‘sgan. Bunda Samsung 71% hissa bilan yetakchilik qilmoqda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar