“O‘tov”, “Qor qo‘ynida lola”, “Odnoklassniki.ru” filmlari orqali tanilgan aktrisa Zamira Beshimova o‘zini xonanda sifatida ham sinay boshlagan. Popcorn.uz’ning xabar berishicha, shu kunga qadar rok yo‘nalishida bir necha yangi taronalarni kuylab, muxlislari e’tiboriga havola etgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, shou-biznes olamida shu kunga qadar rok yo‘nalishida ijod qiluvchi ayol xonanda yo‘q edi. Zamira Beshimova esa mazkur yo‘nalishda ilk bora dadil qadam qo‘ydi. Hozirda u faqat jonli ijroda kuylaydigan qizlardan iborat “To‘maris” guruhini tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Zamira Beshimovaning ma’lum qilishicha, guruhdagi uch qiz rok yo‘nalishida ijod qiladi.
Guruh yangi — “Gunoh qilma” taronasiga ilk klipini suratga oldi. Toshkentning Azia Trans Terminal qo‘shma korxonasida tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tgan klipni rejissor Ikrom Ali suratga olgan. Tasvirga olish ishlarida 100 nafarga yaqin raqqos yigit-qiz ishtirok etgan.
Izoh (0)