Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida ikki nafar o‘zbekistonlik erkin kurashchi — Furqat Farmonov (-65 kg) va Rashid Qurbonov (-86 kg) bronza medali sovrindori bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 24-aprel kuni o‘tkaziladigan erkin kurashi bo‘yicha musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Dilshod Mansurov (-61 kg), Ixtiyor Navro‘zov (-70 kg), Ibrohim Nuriddinov (-74 kg) va Umidjon Ismanov (-97 kg) gilamga chiqsa, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Daulitbike Yakshimuratova (-58 kg) bahslarga kirishadi.
Izoh (0)