Daryo

Yaponiyada zilzila sabab 114 ta maktab yopildi

Mamlakatda 25-iyun kuni 7,2 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Qurbonlar qayd etilmadi, 11 kishi jarohatlandi.

1 daqiqa o‘qish5 889 ko‘rishlar0 izoh1

Yaponiyada 7,2 magnitudali zilzila yuz berishi ortidan 114 ta maktab yopildi. Bu haqda Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligiga tayanib “TASS” xabar berdi.

Aomori va Ivate prefekturalaridagi o‘quv muassasalari faoliyatini to‘xtatgan. Maktablarning zilziladan keyingi holatini baholash, yoriqlarni topish ishlar olib boriladi. Xonalarni tozalash, shikastlangan jihozlar va mebellarni aniqlash ham vaqt talab etadi. Shu bilan birga, rasmiylar tabiiy ofat hududida jabrlangan o‘quvchilar yoki ta’lim muassasalari xodimlari yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Yaponiya shimoli-sharqida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida jami 11 kishi jarohat oldi, 100 ga yaqin binoga zarar yetdi. 25-iyunga o‘tar tunda Venesuelada 7,2 va 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng yana 30 ta aftershok qayd etildi. Hozirda zilzila qurbonlari soni 235 nafarga yetgan, 4300 dan ortiq jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar