Yaponiya janubi-g‘arbida 7,1 magnitudali zilzila kuzatildi. Kyodo agentligi bir necha kishi jarohat olganini ma’lum qildi.
Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Kyusyu orolidagi Kumamoto prefekturasida, 10 kilometr chuqurlikda jyolashgan. The Japan Times’ning yozishicha, yer osti silkinishlari 28-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:35 da kuzatilgan.
Qayd etilishicha, oradan taxminan 30 daqiqa o‘tib hududda 5 ballgacha bo‘lgan takroriy tebranish (aftershok) kuzatilgan. Rasmiylar aholini yanada kuchliroq tebranishlar sodir bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
NHK telekanali efirida zilzila markazi yaqinida bir nechta binolar qulab tushgani ko‘rsatildi. Uki shahri yong‘in xizmati telekanalga shaharda ko‘plab yong‘inlar chiqqani va favqulodda qo‘ng‘iroqlar soni keskin ko‘payganini ma’lum qildi. Ob-havo agentligi Ariake va Yatsushiro dengizlari qirg‘oq hududlari uchun sunami xavfidan ogohlantirish berdi. Odamlarga sohil yaqiniga bormaslik tavsiya qilindi.
https://twitter.com/newsnoteworthy/status/2082012037287219650
Kumamotoning boshqa shaharlarida, xususan, qo‘shni Nagasaki, Kagosima, Fukuoka, Saga va Miyadzaki prefekturalarida ham kuchli tebranishlar sezildi. Kyushu Electric kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kumamoto prefekturasida taxminan 48 ming 300 ta xonadon elektr energiyasiz qolgan. Kompaniya odamlardan uzilgan elektr simlariga tegmaslikni va har qanday nosozliklar haqida xabar berishni so‘ramoqda.
https://twitter.com/WeatherMonitors/status/2082010540638109957







