Yaponiyaning shimoli-sharqiy hududida 12-dekabr kuni 6,7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yaponiya meteorologiya agentligi 1 metrgacha bo‘lgan sunami to‘lqinlari ehtimoli haqida ogohlantirish e’lon qildi. Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 11:44 da Aomori prefekturasi qirg‘oqlaridan 20 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. 8-dekabr kuni kechqurun xuddi shu hududda 7,5 magnitudali kuchliroq zilzila kuzatilgandi. Yer silkinishlari oqibatida 34 kishi yengil tan jarohati olgan. Ayrim yo‘llar va binolarga zarar yetgan.
Shunga qaramay, hukumat aholini kuchli zilzila yuz bersa, 2011-yildagi falokatga o‘xshash oqibatlarga tayyor bo‘lishga chaqirmoqda. O‘sha fojiada qariyb 20 ming kishi halok bo‘lgan edi. Rasmiylar bir hafta ichida 8 magnitudali yoki undan kuchli zilzila xavfi oshganini taʻkidlagan. Ayniqsa, qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchilar tayyor turishga chaqirilgan.
2024-yil yozida Yaponiyaning Tinch okeani bo‘ylab janubiy qirg‘oqlarida joylashgan Nankai jarligi (okean tubidagi chuqur seysmik hudud) uchun ham shunday megazilzila ogohlantirishi berilgandi. Biroq ogohlantirishning aniq tushuntirilmagani oziq-ovqatni vahimada xarid qilish, tadbirlarning bekor qilinishi va ayrim bizneslarning yopilishiga olib kelgan.








