Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umboyev qo‘lga olindi. Bu haqda Kazinform manbasi xabar berdi.
Respublika Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi bu boradagi so‘rovga javob bermagan. Keyinchalik Bosh prokuratura ma’lumotni tasdiqlab, ishda davlat sirlari borligi, shu uchun tafsilotlar oshkor etilmasligini ma’lum qildi. Turg‘umboyev 2022-yil yanvaridagi voqealar munosabati bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushlangan. 20-mart kuni u prokuratura tomonidan so‘roq qilingandi.
Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasida akkreditatsiyani tugatgandan so‘ng, u Ostonaga qaytib kelgan va jinoiy ish ayblanuvchisiga aylangan.
Yerlan Turg‘umboyev 2019-yildan buyon Ichki ishlar vazirligini boshqarib kelgan va 2022-yil fevralidagi yanvar voqealaridan keyin lavozimidan ozod etilgan. Shundan so‘ng u qariyb olti oy prezident maslahatchisi bo‘lgan, 2023-yilda esa Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi maslahatchisi etib tayinlangandi.
Izoh (0)