Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumani “Ziyokor” mahallasida 3 kishi o‘ldirilib, yoqib yuborilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 27-aprel kuni soat 02:55 larda Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin uch nafar shaxs qotillik alomatlari bilan topilgan.
Jinoyatni fosh etish maqsadida prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘rilgan zarur choralari natijasida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (o‘ta shafqatsizlik bilan ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)