O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa, bekor bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ushbu xabarlar yuzasidan tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, yaʼni YPX markaziga yuboriladi.
Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.
Maʼlumot uchun, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)