Daryo

Krishtianu Ronaldu “An-Nassr”dan ketishiga ishora qildi

Portugaliyalik hujumchi jamoasi bilan Saudiya Pro Ligasi so‘nggi turida mag‘lub bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida izoh qoldirdi

1 daqiqa o‘qish14 458 ko‘rishlar0 izoh1

“An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro Ligasi 34-turi doirasidagi “Al-Fateh”ga qarshi bahsda (2:3) jamoasi mag‘lub bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida izoh qoldirdi.

Foto: FC Al-Nassr

Ko‘plab nashrlar Ronaldu bu orqali Riyod klubidan ketishiga ishora qilganini taxmin qilmoqda:

Yana bir bob yakunlandi. Tarix esa hali yozilmoqda. Barchaga minnatdorchilik bildiraman, deb izoh qoldirdi Ronaldu X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, “An-Nassr” Saudiya Arabistoni chempionatini 70 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi. Ular chempion bo‘lgan “Al-Ittihod”dan 13 ochkoga ortda qoldi.

Ronaldu esa mavsum davomida 25 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Avvalroq OAVda Krishtianu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, unga turli qit’alardan beshta klub qiziqish bildirayotgani aytildi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham strimer IShowSpeed’ga intervyu berib, portugaliyalik hujumchi AQSHdagi JCHda qatnashishi mumkinligi va xaridorlar futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakat boshlashi kerakligi borasida fikr bildirgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar