Daryo

Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

Sobiq hujumchi mashhur strimer IShowSpeed bilan suhbat chog‘ida portugaliyalik futbolchi haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish6 490 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” va “Barselona” klublarining sobiq hujumchisi Serxio Aguero mashhur strimer IShowSpeed bilan suhbati chog‘ida “An-Nassr” futbolchisi Krishtianu Ronalduning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmayotganini eslatib o‘tdi.

Kollaj: “Daryo”

Suhbat quyidagi tarzda kechgan:

— Aguero: “Sen Ronalduning muxlisisan, to‘g‘rimi?”
— IShowSpeed: “Ha!”
— Aguero: “Bu tanlovga hurmatim bor, u yaxshi futbolchi. Lekin men Messini tanlayman.”
— IShowSpeed: “Men esa Ronalduni tanlayman.”
— Aguero: “Ha, lekin Ronalduning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘ynayaptimi?”
— IShowSpeed: “Yo‘q…”
— Aguero (kulib): “Balki u musobaqani televizorda ko‘rayotgandir.”

Ma’lumot uchun, Lionel Messi ayni damda “Inter Mayami” safida 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. 14-iyun kuni bo‘lib o‘tgan turnir ochilish o‘yinida “Inter Mayami” Misrning “Al-Ahli” klubi bilan durang (0:0) o‘ynadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar