Daryo

Ronaldu “An-Nassr” bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda ekanligi xabar qilindi

1 daqiqa o‘qish4 895 ko‘rishlar0 izoh0

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Ronalduga bir nechta klublar qiziqish bildirgan, biroq futbolchi faoliyatini riyodliklar safida davom ettirishga qaror qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda bo‘lib, bu yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Yangi shartnoma 2026-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan va Ronaldu Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasidan raqobatbardosh jamoa shakllantirish bo‘yicha barcha zarur kafolatlarni olgan. Bundan tashqari, Krishtianu “An-Nassr”ning transfer siyosatida faol ishtirok etadi va ayrim qarorlarni qabul qilishda o‘z fikrini bildiradi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum “An-Nassr” Saudiya Pro Ligasida 70 ochko to‘plab, turnir jadvalining uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Ular chempionlikni qo‘lga kiritgan “Al-Ittihod”dan 13 ochko ortda qoldi. 40 yoshli Ronaldu esa musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan — 25 ta gol. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yil iyun oxirigacha mo‘ljallangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar