Daryo

Ronaldu kelajagi borasida qaror qabul qildi — manba

Portugaliyalik hujumchi “An-Nassr” rahbariyatiga o‘z shartlarini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish14 241 ko‘rishlar0 izoh0

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu kelajagi borasida qaror qabul qildi. Foot Mercato jurnalisti Santi Aunaning xabar berishicha, Ronaldu “An-Nassr” klubida qoladi. Tomonlar allaqachon kelishuvga erishgani va bu borada hech qanday shubha yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images

Ma’lum qilinishicha, Ronaldu Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasidan raqobatbardosh jamoa shakllantirish bo‘yicha barcha zarur kafolatlarni olgan. Bu nafaqat uning shaxsiy manfaatlari uchun, balki klubning kelajagi uchun ham muhimdir. Bundan tashqari, Krishtianu “An-Nassr”ning transfer siyosatida faol ishtirok etadi va ayrim qarorlarni qabul qilishda o‘z fikrini bildiradi.

“An-Nassr”ga yaqinda yangi sport direktori kelishi kutilmoqda. Klub kamida bitta markaziy himoyachi, bitta tayanch yarim himoyachi va bitta chap qanot hujumchisini transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum “An-Nassr” Saudiya Pro Ligasida 70 ochko to‘plab, turnir jadvalining uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Ular chempionlikni qo‘lga kiritgan “Al-Ittihod”dan 13 ochko ortda qoldi. 40 yoshli Ronaldu esa musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan — 25 ta gol. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yil iyun oxirigacha mo‘ljallangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar