Daryo

Ronaldu “An-Nassr” bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Hozirda bitimning yakuniy tafsilotlari muhokama qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish11 387 ko‘rishlar0 izoh0

Portugaliyalik mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumda ham Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi sharafini himoya qiladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli hujumchi “An-Nassr” bilan yangi bitim imzolashga yaqin turibdi. Hozirda rasmiy hujjatlar tekshirilmoqda hamda shartnomaning yakuniy tafsilotlari muhokama qilinmoqda. Yangi kelishuv bir yoki ikki yillik bo‘lishi kutilmoqda. Ronaldu istasa, 2027-yil iyuniga qadar klub safida to‘p surishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda “An-Nassr” hech qanday sovringa ega chiqa olmadi. Saudiya Arabistoni Pro Ligasida jamoa 70 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi. Ronaldu esa barcha musobaqalarda 35 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan mavsumni yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 25-iyun kuni “An-Nassr” italiyalik murabbiy Stefano Piolining iste’foga chiqqanini rasman e’lon qildi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar