S&P Global Ratings xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror” darajadan “ijobiy” darajaga yaxshiladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Prezident yordamchisi bunday baho jahon moliya hamjamiyatining O‘zbekistonda prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat berishi hamda tanlangan yo‘l to‘g‘riligini ko‘rsatishini ta’kidladi.
“Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uchun yanada jozibador bo‘ldi, bu esa iqtisodiy o‘sishga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida men har qanday natijani nafaqat saqlab qolish, balki yanada yaxshilash zarur ekanini chuqur his qilaman. Shu ma’noda, barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi va kompleks yondashuvini talab qiladigan katta ishlar hali oldinda”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Jahon banki “Global iqtisodiy istiqbollar” hisobotini eʼlon qilgan edi. Hisobotda Yevropa va Markaziy Osiyo uchun tendensiyalar, prognozlar va xavflar tahlil qilinadi.
Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2024-yil oxirida 6 foizni tashkil etdi.
Kelgusi yillar uchun prognoz
Jahon banki prognozida maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yili 5,8 foiz, 2026-yili esa 5,9 foiz o‘sadi. Taʼkidlash lozim, bu — Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
2024-yilning oktyabr oyida ham O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 va 2026-yillarda mos ravishda 5,8-5,9 foiz o‘sishi haqida maʼlum qilingandi.
Izoh (0)